Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati
Voxidova Oyista Abduqodirovna
Xizmati rahbari
Telefon: (998 55) 203-70-71
Ish vaqti: 800 dan 1700 gacha
Ish kunlari: Dushanbadan - Jumagacha
Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmatining nizomi (.PDF )
Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati axborot-kutubxona markazining mustaqil tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib, faoliyati barcha toifadagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Asosiy vazifalari
- Foydalanuvchilar madaniy, bilim olishlariga bo‘lgan extiyojini AKM o‘quv zallarida axborot xizmat ko‘rsatish asosida qondiradi, umumta’lim jarayonini tashkil etadi, o‘quv zallari va AKM veb-saytida kitob-rasmli ko‘rgazmalarni tashkil etish orqali aholining jamiyat madaniy merosi bilan tanishtiradi.
- Foydalanuvchilarga o‘quv zallarida bosma, elektron, audiovizual axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tashkil qiladi va turli xizmat turlarini uyg‘unlashtirgan holda foydalanuvchilarning talablariga javob beradi.
- Milliy manaviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan barramand bo‘lishni taminlash, manaviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etadi, innovatsion g‘oyalar va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtiradi, ulardan foydalanishni muvofiqlashtiradi, tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi.
- Foydalanuvchilarga yangi kompyuter texnologiyalari, elektron resurslar, elektron axborot tashuvchilar orqali ishlashni ta’minlaydi;
Xizmatning asosiy funktsiyalari
- Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi: AKM fondlarida saqlanayotgan resurslarni o‘quv zallarida foydalanuvchilarga beradi; AKM foydalanuvchilari tomonidan “Axborot-kutubxona markazida axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Nizomiga va “Axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalariga” amal qilishlarini nazorat qiladi; Foydalanuvchilardan adabiyotlarni qabul qiladi, qaytarilgan adabiyot holatini nazoratga oladi.
- Xizmatga biriktirilgan yordamchi fondlar haqida ma’lumot beradi: adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil qiladi; adabiyotlarning sharhlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi; foydalanuvchilar uchun konferentsiyalar, yozuvchi va shoirlar, fan va madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi.
- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlarni olib boradi.
- Yordamchi fondlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yadi.
- AKM fondlarini shakllantirish va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Respublika axborot-kutubxona muassasalari va jahon kutubxonalari innovatsion tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va amaliyotga tatbiq qiladi.
- AKMning foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida, nizomlar, eslatmalar, yo‘riqnomalar va tavsiyalar tuzadi.
- Axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish va belgilangan xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha OAV bilan faol hamkorlikda ish olib boradi.
Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling