1 onlayn
UZ RU EN

Axborot-texnologiyalari va raqamlashtirish xozmati

      Xamrayeva Zarifa Soxibjonova               

        Xizmati rahbari

        Telefon: (998 55) 203-70-71
        Ish vaqti: 800  dan 1700 gacha
        Ish kunlari: Dushanbadan - Jumagacha

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatining nizomi (.PDF )

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati axborot-kutubxona markazining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Xizmat TAKMning bosma nashrlarini raqamlashtiradi, server va tarmoqlar, dasturiy ta’minotlarining xatoliklarsiz doimiy ishlashini boshqaradi, elektron kutubxonani shakllantirish ishlarini olib boradi,  markaz veb saytining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bog’lash va to’liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Asosiy vazifalari

  • TAKMning dasturiy va texnik ta’minotlarini qo’llab-quvvatlaydi;
  • Elektron kutubxonani shakllantirish bo’yicha reja ishlab chiqib ularni amalga oshiradi;
  • Markazda yaratiladigan raqamli kitoblar, audio va video resurslarning butun saqlanishini  ta’minlaydi;
  • Server va tarmoq infra tuzilmalari, dasturiy ta’minotlarining xatoliklarsiz doimiy va bir maromda ishlashini boshqaradi, monitoring qilib boradi, xizmatlaridagi xatoliklarni o’z vaqtida tez va aniq bartaraf etadi;
  • Markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirishda joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, mavjud kompyuter parkidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi;
  • Foydalanuvchilarning markaz veb saytiga uzluksiz kirishini ta’minlaydi;
  • Markaz axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnik qo’llab-quvvatlash bo’yicha axborot-kutubxona xodimlariga maslahat va amaliy yordam ko’rsatadi;
  • Tizim va dasturiy ta’minotlarni o’rnatadi va qo’llab-quvvatlaydi;
  • Texnik va dasturiy mablag’larning marketing tahlili, ularni modernizatsiya qilish bo’yicha takliflar asosida TAKM ehtiyojlari uchun texnik-dasturiy va boshqa texnik vositalarini sotib oladi;
  • Markazning kompyuter uskunalari va boshqa texnik vositalari hisobini yuritadi va pasportlashni tashkil etadi;
  • Xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda rejalarni ishlab chiqadi va bajaradi, haftalik, oylik, kvartal, yillik hisobotlarni tayyorlab boradi;
  • Raqamlashtirilgan resurslarga (kitob, gazeta, jurnal, alьbomlar, xaritalar, qo’lyozmalar, nota nashrlar va boshqalar) ishlov berishni amalga oshiradi;
  • Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi, raqamlashtirilgan bosma resurslarni bibliografik yozuv bilan bog’lash va to’liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
  • Boshqa tashkilot va muassasalarga bosma resurslarni raqamlashtirish bo’yicha pullik xizmat ko’rsatadi;
  • Soha bo’yicha o’quv seminarlarida ishtirok etadi

 Xizmatning asosiy funktsiyalari

  • TAKM tuzilmalarida kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotni jamlash, yig’ish va o’rnatishni amalga oshiradi;
  • Kompyuter texnikasidan foydalanish tartibi va qoidalarini ishlab chiqadi, hamda undan to’g’ri foydalanishni nazorat qiladi;
  • TAKM  lokal tarmog’ining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
  • Server va tarmoq infratuzilmasini markazlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali boshqaradi va nazorat qiladi, xatoliklarga bardoshligi va dasturiy ta’minot xizmatlarning, shuningdek Markaz axborot tizimi xizmatlarini doimiy to’g’ri ishlab turishini ta’minlash maqsadida doimiy monitoringini amalga oshiradi va natijalarini TAКM direktoriga taqdim etib boradi;
  • Ta’mirlash va profilaktika ishlarini nazoratini amalga oshiradi, murakkab ta’mirlashni amalga oshirish uchun uchinchi tomon tashkilotlari bilan shartnomalar tayyorlaydi, tashkil qiladi va nazorat qiladi;
  • Lokal tarmoqlarni loyihalashtiradi, ulardan foydalanish masalalarini o’z vakolatlari doirasida hal qiladi;
  • Server va tarmoq infratuzilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun barcha choralarni ko’radi;
  • Umumiy foydalanish resurslarini to’g’ri taqsimlanishini rejalashtiradi, ulardan foydalanishni nazorat qiladi;
  • Axborot xavfsizligi  tashqi va ichki xujumlarni bartaraf qiladi hamda ularning oldini oladi, tarmoq va serverlar auditini olib boradi, arxivlash va nusxa ko’chirish ishlarini amalga oshiradi;
  • TAKM direktori bilan kelishgan holda cheklangan kirish huquqiga ega bo’lgan internet saytlariga va ichki ma’lumotlarga kirish huquqini ajratib beradi, foydalanuvchilar tarixini yuritib boradi va tekshiradi;
  • Server va tarmoq infra tuzilmalariga hamda ma’lumotlar bazalariga ruxsatsiz kirish choralarni ko’radi;
  • Server va tarmoq infratuzilmalari, ma’lumotlar bazasi serverining boshqaruv- ini amalga oshiradi, uning ishini optimallashtirishni ta’minlaydi, tartibga solish tadbirlarini amalgaoshiradi; konfiguratsiyalaridan nusxa oladi va nosozliklar bo’lganda uni qayta tiklaydi;
  • Raqamlashtirilgan bosma resurslarni (pdf, tiff, jpeg) formatlarda serverga yuklaydi;
  • Elektron dasturiy ta’minot yordamida raqamlashtirilgan resurslarning tashqi ko’rinishini restavratsiya qiladi;
  • Raqamlashtirilgan resurslarning hisobini yuritadi, tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi.
PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?