21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Xo‘jaobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobim oftobim” klubi a’zolari ishtirokida 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va betakrorligi haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilarga ona tilimizni asrab-avaylash, uni sevish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini yosh avlod qalbiga singdirish, bolalarda ona tiliga mehr va hurmat tuyg‘ularini shakllantirish borasida fikr almashildi.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va bebaho boyligimizdir! Uni e’zozlash va rivojlantirish barchamizning sharafli vazifamizdir.
Telegram| Facebook | Instagram | X | Website




Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling